7 Fevral 2025
329
Xarbin-2025: Oʻzbekiston delegatsiyasi muvaffaqiyatli start oldi!
Short-trek boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Daniil Yeybog Oʻzbekiston delegatsiyasining Xarbin-2025 qishki Osiyo oʻyinlaridagi ishtirokini boshlab berdi. 1500 metr masofaga kechgan poyganing chorak finalida qatnashgan yurtdoshimiz 2:30:60 daqiqalik natija bilan yarim finalga yoʻl oldi.
Birozdan keyin sportchimiz 500 va 1000 metr masofalarda ham saralash dasturida startga chiqadi.