7 Fevral 2025
1085
Xarbin-2025: Kun anonsi
Bugun Xarbin-2025 IX qishki Osiyo oʻyinlariga start beriladi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimidan avval bir qator dasturlarda saralash bahslari oʻtkaziladi. Xususan, unda short-trek boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Daniil Yeybog ham ishtirok etadi.
Hamyurtimiz chorak finalda Xitoy, Moʻgʻuliston, Vyetnam, Qozogʻiston va Gonkong vakillari bilan yarim final yoʻllanmasi uchun kurash olib boradi. Boʻlajak poygada sportchimizga omad tilaymiz!
Dasturlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan koʻrsatilgan.
