6 Fevral 2025 1336

Rustam Saidovni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek boksining yaqin oʻtmishdagi yorqin vakillaridan biri, Sidney-2000 yozgi Olimpiya oʻyinlari va jahon chempionati sovrindori, ikki karra Osiyo oʻyinlari gʻolibi, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Rustam Saidov tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Rustam Toʻxtasinovichni tavallud ayyomi bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech