5 Fevral 2025
1231
Xarbin-2025: Chin yurti vakillaridan yana bir yorqin tantanali ochilish marosimini kutamiz
Xarbin-2025 qishki Osiyo oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi 7-fevral kuni mahalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00) da start oladi. Musobaqa tashkiliy qoʻmitasi marosim barchaga yoqadigan, ajoyib atmosferada oʻtishiga va’da berdi.
Mezbonlar hozircha tadbir uch qismdan iborat boʻlishini, unda ilk bor sun’iy intellekt yordamida rivojlantirilgan texnologiyalardan foydalanilishini ma’lum qilishdi. Pekin-2022 qishki Olimpiya va Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarining marosimlarida ishlagan badiiy jamoa bu tadbirga ham jalb etilganini inobatga olsak, bu gal ham xitoyliklardan ajobtovur chiqishlar kutib qolamiz.
