13 Iyul 2021 1381

Tokio-2020 Olimpiadasi oldidan rasmiy matbuot anjumaniga taklif etamiz!

23-iyul kuni boshlanadigan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining startiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Ayni paytga kelib, unda ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasining tarkibi maʼlum bo‘lib ulgurdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mazkur musobaqaga hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi ostida Turizm va sport vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan munosib hozirlik ko‘rmoqda. Hozirda boks, taekvondo, dzyudo kabi terma jamoalarimiz Tokioga shahriga yetib borgan va Olimpiadadan avval so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishmoqda.

Asosiy delegatsiyamiz 19-iyul kuni Yaponiyaga yo‘l oladi. Shu munosabat bilan 14-iyul kuni soat 11:00 da MOQ Majlislar zalida bo‘lajak Olimpiada oldidan rasmiy matbuot anjumani tashkil etiladi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi barcha OAV, blogerlarni mazkur tadbirga taklif etadi.

Text to speech