5 Fevral 2025 1271

Yengil atletikachilarimiz Turkiyada yigʻin boshlashdi

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Turkiyaning Belek shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshladi. 2 martga qadar davom etadigan yigʻinda 15 nafar sportchi qatnashmoqda.

Mashgʻulotlar “Gloria Sports Arena” majmuasida olib borilmoqda. Murabbiylar shtabi ushbu yigʻinda atletlarimizning maxsus texnik harakatlarini yaxshilashga e’tibor qaratishyapti.

Text to speech