3 Fevral 2025 281

Oʻzbekiston delegatsiyasining oʻz tarixidagi eng katta tarkib bilan qatnashadigan qishki Osiyo oʻyinlariga tayyorgarligi OAV nigohida

Xabar berganimizdek, 7-14-fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston delegatsiyasining ushbu musobaqadagi ishtirokiga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston delegatsiyasisining musobaqadagi missiya rahbari Sherzod Tashmatov OAV vakillarining savollariga javob berishdi.

Tadbir avvalida Sh.Mahmudov hukumatimiz tomonidan terma jamoalarimizning boʻlajak Oʻyinlarga tayyorgarligi toʻla qoʻllab-quvvatlangani, musobaqa orqali Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olishi mumkin boʻlgan sportchilarimizning imkoniyatlari koʻzdan kechirilishini taʼkidladi. Shuningdek, Sh.Tashmatov delegatsiyamiz qatnashadigan sport turlari, har bir atletimiz haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Anjuman davomida OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan boshqa savollariga atroflicha javob olishdi.

Text to speech