3 Fevral 2025 216

MOQ rahbariyati Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi bilan ustuvor rejalarni muhokama qildi

Bugun MOQ rahbariyati Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) va Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda 14-16-fevral kunlari Toshkent shahrida oʻtadigan rapira yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogiga olib borilayotgan tayyorgarlik, xalqaro tashkilot bilan hamkorlikning yangi bosqichlari va yurtimizda ushbu sportni yanada rivojlantirishga oid masalalar muhomaka qilindi.

Bugungi kungi kelib, boʻlajak musobaqada qatnashish uchun 15 davlatdan 69 nafar sportchi roʻyxatdan oʻtkazilgan. Suhbatda terma jamoalar va FIE vakillari uchun qulay sharoitlar yaratish, turnirni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha qator masalalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuvda 2027-yil poytaxtimizda oʻtkaziladigan kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik, FIE bilan yangi loyihalarni yoʻlga qoʻyish borasidagi rejalar ham muhokama qilindi.

Text to speech