2 Fevral 2025 1236

Sablyachi qizlarimiz Tbilisida tengsiz bo‘lishdi

Qilichbozlarimizdan yana bir xushxabar. Tbilisi mezbonlik qilgan qizlar oʻrtasidagi sablya boʻyicha Jahon kubogi bosqichi hamyurtlarimizning oltin dubli bilan yakunlandi.

Gulistan Perdibayeva, Ayakoʻz Jumamuratova, Nargiza Jaksibayeva hamda Samira Shokirovadan iborat jamoamiz chorak finalda Germaniya, yarim finalda Italiya va finalda Vengriyani magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻldi. Eslatib oʻtamiz, yakkalik bahslarida Samira Shokirova shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy olgan edi. Barakalla, oʻzbegim qizlari!

Text to speech