1 Fevral 2025 684

Ahadov va Boturov dzyudochilarimizning joriy yil hisobidan ilk medaliga egalik qilishdi

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi joriy yil hisobidan xalqaro maydondagi dastlabki medallarini qoʻlga kiritdi. Bugun start olgan Parij “Katta dubulgʻa” turnirining ilk kunida sportchilarimiz oltin va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Oltin medalni -73 kg vazn toifasida kurashgan Shahram Ahadov keltirdi. Shuningdek, yosh dzyudochilarimizdan biri Bahrom Boturov (-60 kg) IJF tasnifidagi debyut turnirini bronza medali bilan yakunladi.

Text to speech