1 Fevral 2025
619
Velosportchilarimiz Tailandda Osiyo chempionatiga tayyorlanishmoqda
7-16-fevral kunlari Tailandning Pxitsanulok shahrida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqada ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi Tailandda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda.
28-yanvar kuni boshlangan yigʻin 6-fevralga qadar davom etadi. Shundan soʻng atletlarimiz qitʼa birinchiligidagi ishtirokini boshlashadi. Mashgʻulotlarda 14 nafar sportchi qatnashmoqda.









