1 Fevral 2025
612
Zuhriddin Qodirov Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni Zuhriddin Qodirov Bolgariyada oʻtayotgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bugun yigitlarimiz jamoaviy dasturda medallar uchun kurash olib borishadi.
Sablya boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi
Plovdiv, Bolgariya
1. Zuhriddin Qodirov
2. Kodi Ji (AQSh)
3. Enes Kalendar (Turkiya)
3. Furqon Yaman (Turkiya)
