Sport vazirligi va MOQ rahbariyati Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarining 2025-yil rejalari bilan tanishdi
Sport vaziri Adham Ikramov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ayni paytda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida xizmat safarida bo‘lib turishibdi. Tashrifdan ushbu viloyatlardagi sport infratuzilmasining bugungi holatini o‘rganish, 2025-yil uchun rejalar bilan tanishish ko‘zlangan.
Mutasaddilar viloyat hokimlari bilan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, shuningdek, boshqa sport ta’lim muassasalarini ko‘zdan kechirib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Safar davomida viloyat sport boshqarmasi mutasaddilari, federatsiyalarning hududiy vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda viloyatda olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish, yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgan “Divizion sport musobaqalari”ga puxta tayyorgarlik ko‘rish, sport sohasini raqamlashtirish, infratuzilmani yanada yaxshilash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.