31 Yanvar 2025
1186
Myalin va Kachanov Yangi Zelandiyadagi xalqaro turnirda bronza medaliga sazovor bo‘lishdi
Suvga sakrash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Oklend shahri (Yangi Zelandiya)da tashkil etilayotgan “Southern Cross Diving Series” turnirida ishtirok etishi haqida maʼlum qilgan edik. Hamyurtlarimiz unda dastlabki medallariga ega chiqishdi.
3 metrli tramplindan sakrash dasturida Igor Myalin hamda Vyacheslav Kachanov bronza medalini qoʻlga kiritishdi. Musobaqada oltin medal mezbonlarga nasib etgan boʻlsa, malayziyalik sportchilar kumush medal bilan taqdirlanishgan.
