31 Yanvar 2025 1190

Safina Sadullayeva Germaniyadagi xalqaro turnirda shohsupaga ko‘tarildi

Germaniyaning Kotbus shahrida yengil atletika boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda balandlikka sakrash dasturida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Safina Sadullayeva 1.88 metr natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.

“International Jump Meeting Cottbus” turniri
Balandlikka sakrash, ayollar:
1. Kristina Xonsel (Germaniya) – 1.95
2. Idea Pyeroni (Italiya) – 1.88
3. Safina Sadullayeva (Oʻzbekiston) – 1.88

Text to speech