30 Yanvar 2025
1284
Devis kubogi: Oʻzbekiston – Bosniya va Gersegovina bahsining juftliklari maʼlum
31-yanvar – 1-fevral kunlari tennis boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Devis kubogida I jahon guruhining pley-off bosqichida ishtirok etadi. Unda hamyurtlarimiz Bosniya va Gersegovinaga qarshi bahs olib borishadi. Bugun mazkur qarama qarshilik oldidan matbuot anjumani va bellashuvlarga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unga koʻra, juftliklar quyidagicha koʻrinish oldi:
31-yanvar:
Humoyun Sultonov – Mirza Bashich
Sergey Fomin – Damir Jumxur
1-fevral:
S.Fomin / H.Sultonov – M.Bashich / N.Fatich
Humoyun Sultonov – Damir Jumxur
Sergey Fomin – Mirza Bashich


