12 Iyul 2021 1398

Taekvondochilarimizning Tokiodagi yig‘ini qizg‘in davom etmoqda

Xabar berganimizdek, hozirda taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida bo‘lib turibdi. Yig‘in Olimpiadadan avval so‘nggi tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.

9 iyul kuni boshlangan mashg‘ulotlar 22 iyulga qadar davom etadi. Jamoamiz joylashgan mehmonxona Olimpiya shaharchasidan 9 km uzoqlikda qad rostlagan bo‘lib, yig‘in tugashi bilan litsenziatlarimiz asosiy delegatsiya tarkibiga qo‘shiladi. Ularga sparring-raqib bo‘layotgan boshqa taekvondochilarimiz esa yig‘in yakunlangach Toshkentga qaytib kelishadi.

Eʼtiboringizga mashg‘ulotlardan fotosuratlarni havola qilamiz:

Text to speech