30 Yanvar 2025 1154

Biatlonchilarimiz qishki Osiyo oʻyinlariga Italiyada tayyorgarlik koʻrishmoqda

Biatlon boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Dilmurod Abdurahmonov va Rolan Raimqulov yaqinlashib kelayotgan Xarbin-2025 qishki Osiyo oʻyinlarida ishtirok etishi kutilmoqda. Hozirda har ikki sportchimiz Italiyada soʻnggi tayyorgarlik bosqichini olib borishyapti.

Sportchilarimiz Osiyo oʻyinlaridan oldin Martello shahrida tashkil etilayotgan Xalqaro biatlon ittifoqi kubogida qatnashishadi. Rejaga koʻra, ular ertaga oʻtkaziladigan sprint poygasida startga chiqishadi.

Text to speech