29 Yanvar 2025 1171

Chavandozimiz Jakartadagi musobaqada sovrindor bo‘ldi

Indoneziyaning Jakarta shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CIS1-CIJA-A tasnifidagi xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etib, sovrinli oʻrinlardan birini qoʻlga kiritishdi.

110 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida qatnashgan Izzatullo Abdugʻafforov bronza medaliga sazovor boʻldi. Birinchi va ikkinchi oʻrinlar mezbon sportchilarga nasib etdi.

Text to speech