29 Yanvar 2025
1208
Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda
Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari poytaxtimizda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib borishmoqda.
Ravshan Mirzayev boshchiligidagi yigitlarimizning mashgʻulotlari 8-fevral kuni yakuniga yetadi. Shundan soʻng jamoa 20-23-fevral kunlari Germaniyaning Kotbus shahri mezbonlik qiladigan Jahon kubogi bosqichida qatnashadi. Mazkur musobaqada yigitlarimizdan tashqari Oksana Chusovitinaning ham ishtiroki kutilmoqda. Qolgan qizlarimiz esa 27-30-mart kunlari Germaniyaning boshqa bir shahri – Shtutgartda tashkil etiladigan xalqaro musobaqaga tayyorgarlikni davom ettiradi.
