28 Yanvar 2025 1131

Suvga sakrash bo‘yicha terma jamoamiz Yangi Zelandiyadagi “Southern Cross Diving Series” turnirida qatnashadi

31-yanvar – 2-fevral kunlari Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida suvga sakrash boʻyicha “Southern Cross Diving Series” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtadi. Mazkur turnirda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi Yangi Zelandiyaga joʻnab ketdi.

Uzbekistan aquatics federatsiyasining maʼlum qilishicha, mazkur musobaqada 3 nafar hamyurtimiz ishtirok etadi. Yurtdoshlarimiz va ular qatnashadigan dasturlar quyidagicha:

Doston Botirov: 3 metrli tramplin;
Vyacheslav Kachanov: 3 metrli tramplin;
Igor Myalin: 10 metrli platforma;
V.Kachanov / I.Myalin: 3 metrli tramplindan sinxron sakrash.

Text to speech