28 Yanvar 2025 682

Trampolinchilarimiz Toshkentda yangi mavsumga tayyorlanishmoqda

Trampolin boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashdi. Sportchilarimiz bosh murabbiy Bobur Ahmadaliyev qoʻl ostida shugʻullanishmoqda.

Mashgʻulotlarda 4 nafar terma jamoa aʼzosi ishtirok etmoqda. 27-yanvar kuni boshlangan joriy yigʻin 19-fevralga qadar davom etishi koʻzda tutilgan. Shundan soʻng jamoamiz Ozarbayjonga yoʻl oladi va 22-23-fevral kunlari oʻtadigan Jahon kubogining birinchi bosqichida qatnashadi.

Text to speech