26 Yanvar 2025
1169
Davronova hamda Nagayev Astanadagi nufuzli turnirda sovrindor bo‘lishdi
Qozogʻistonning Astana shahrida yengil atletika boʻyicha nufuzli musobaqa boʻlib oʻtdi. Butunjahon yengil atletika federatsiyasining taqvimidan oʻrin olgan oltin darajadagi turnirda 40 mamlakatdan 110 nafar sportchi qatnashdi. Yopiq arenada tashkil etilgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni egallashdi.
Uch hatlab sakrash dasturida Sharifa Davronova kumush medalga sazovor boʻldi. Hamyurtimiz turnirda 13,90 metr natija koʻrsatishga erishdi. Shuningdek, balandlikka sakrash sektorida omadini sinab koʻrgan Amir Nagayev 2,10 metr bilan bronza medali sohibiga aylandi.
