26 Yanvar 2025
1152
Merganlarimiz Koreyada mahoratlarini oshirishmoqda
Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Koreya Respublikasining Suvon shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib borishmoqda. Mashg‘ulotlarda mahalliy sportchilar va terma jamoamizga jalb etilgan koreyalik mutaxassis ham ishtirok etyapti.
Yig‘inning dastlabki qismida murabbiylar sportchilarimizning umumiy jismoiy tayyorgarligini yaxshilashga e’tibor qaratishdi. Hozirda texnik qobiliyatlarini kuchaytirish ustida ishlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Suvon yig‘iniga 10 nafar sportchimiz jalb etilgan. Rejaga ko‘ra, mashg‘ulotlar 8-fevralga qadar davom etadi.




