25 Yanvar 2025 320

Keunimjayeva hamda Sobirova xalqaro turnirda shohsupaga ko‘tarilishdi

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida sport kurashlari boʻyicha Ivan Yarigin xalqaro xotira turniri boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta medalga sazovor boʻldi.

Har ikki medal ayollar kurashi dasturida qoʻlga kiritildi. -57 kg vazn toifasida finalgacha yetib borgan Laylo Sobirova kumush medal sohibiga aylandi. Shuningdek, -50 kg vazn toifasida kurash olib borgan Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Aktenge Keunimjaeva bronza medali bilan taqdirlandi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu