25 Yanvar 2025 365

OOK Bosh direktori va World Aquatics prezidenti Husayn Al Musallam bilan hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi

Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Bosh direktori, Butunjahon suzish federatsiyasi (World Aquatics) prezidenti Husayn Al Musallam yurtimizda rasmiy tashrif bilan mehmon boʻldi. Martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, OOK vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov va Qoʻmita Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi olishdi. Janob Musallam safari davomida Samarqand va Toshkent shaharlarida boʻlib, qadimiy joylarni ziyorat qilish bilan birga mamlakatimizda suv sporti turlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Mamlakat suzish federatsiyasi raisi Qudrattilla Rafikov bilan oʻtgan yigʻilishda bir qator istiqbolli loyihalar koʻrib chiqildi. Qudratilla Mirsagatovich yangi shakllantirilgan federatsiya jamoasi oʻz oldiga ulkan maqsadlar qoʻygani, xususan, suv sporti turlarini mamlakatimiz boʻylab yanada ommalashtirish, hududlardagi moddiy-texnik bazani kuchaytirish ustuvor rejalardan ekani haqida gapirib oʻtdi. Qolaversa, Q.Rafikov Respublikamizning koʻplab viloyatlarida zamonaviy, xalqaro standartlar asosida yangi suzish havzalari qurilgani haqida maʼlumot berdi.

Oʻz oʻrnida, rasmiylar davlatimiz rahbarining qoʻllab-quvvatlashi bilan suv sporti turlarining rivoji yangi bosqichga chiqishini bildirishdi. Janob Musallam yurtimizda sportga boʻlgan eʼtibor yil sayin ortib borayotganidan xabardor ekani, bu jihat har qanday xalqaro tashkilot rahbarlarini hamkorlikda ishlashga undashini alohida taʼkidladi.

Samimiy ruhda oʻtgan suhbat davomida poytaxtimizda qad rostlayotgan Olimpiya shaharchasidagi suv sportiga ixtisoslashtirilgan obyektni eng zamonaviy inventarlar bilan jihozlash, unda xalqaro musobaqalar oʻtkazish, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish kabi mavzularda fikr almashildi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu