24 Yanvar 2025
1309
Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati qizgʻin pallada
Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati qizgʻin davom etmoqda. Bugundan musobaqada chorak final janglari boshlandi.
Kutilganidek, Ruslan Abdullayev, Iqboljon Xoldorov, Havasbek Asadulalev, Javohir Ummataliyev, Navbahor Hamidova, Rayhona Qodirova kabi nomdor bokschilar oʻz janglarini muvaffaqiyatli oʻtkazishdi. Ertaga yana bir qator vazn toifalarida yarim finalchilar aniqlab olinadi.






