23 Yanvar 2025 3548

Figurali uchuvchilarimiz qishki Osiyo o‘yinlariga hozirlik ko‘rishmoqda

Figurali uchish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev ham ayni paytda Xarbin-2025 qishki Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikni olib borishmoqda. Joriy mavsum Kanadada oʻtgan Gran-pri turnirida shohsupaga koʻtarilgan sportchilarimiz oʻz oldilariga jiddiy maqsad qoʻyishgan.

Juftlik bir necha hafta mobaynida AQShning Irvayn shahrida tayyorgarlik koʻrdi. Hozirda mashgʻulotlar Moskva shahrida olib borilmoqda. Rejaga koʻra, sportchilarimiz Rossiyadagi yigʻinidan keyin toʻgʻri Xarbinga yoʻl olishadi.

Text to speech