22 Yanvar 2025 1408

Shpagachilarimiz Doxa Gran-prisida qatnashishadi

Qilichbozlikning shpaga yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarini joriy hafta yakunida ham yana bir nufuzli xalqaro musobaqa kutib turibdi. Hamyurtlarimiz 24-26-yanvar kunlari Qatarda oʻtadigan Gran-pri turnirida ishtirok etishadi. Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasining maʼlum qilishicha, Doxada quyidagi 8 nafar qilichbozimiz medallar uchun kurash olib borishadi:

Ayollar: Shahzoda Egamberdiyeva, Dilnaz Murzatayeva, Sanam Nazarova, Sevara Rahimova;

Erkaklar: Ahmadjon Fayziyev, Javohirbek Nurmatov, Muhammadyusuf Siddiqov, Meyirxan Timurov.

Eslatib oʻtamiz, qizlarimiz oʻtgan hafta yakunida Bahraynda oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichida jamoaviy dasturda bronza medaliga ega chiqishgan edi.

Text to speech