22 Yanvar 2025
456
Og‘ir atletikachilarimiz Chirchiqda yig‘in o‘tkazishmoqda
Shu kunlarda ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Chirchiq shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. 10-yanvar kuni boshlangan yigʻinga Ruslan Nurudinov, Akbar Joʻrayev kabi Olimpiada chempionlaridan tashqari yana 20 nafar yosh sportchi jalb qilingan.
Mashgʻulotlarda umumiy jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirishga koʻproq ahamiyat qaratilmoqda. Ushbu yigʻin mart oyida boʻladigan Oʻzbekiston chempionati hamda mayda tashkil qilinadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning dastlabki bosqichi vazifasini oʻtab beradi va 3-fevralga qadar davom etadi.