12 Iyul 2021 1767

Terma jamoamiz Kunchiqar yurtda!

Kecha tunda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga jo‘nab ketgan edi. MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov boshchiligidagi delegatsiyamiz hozirda Maydzuru shahriga yetib bordi.

Dzyudochilarimiz Ilias Iliadis va Nellya Kiyamova murabbiyligida 19 iyulga qadar yapon dengizi qirg‘oqlaridagi Kioto prefekturasiga qarashli Maydzuru shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. Aynan 19 iyul kuni Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladigan dzyudochilarimiz Tokioga yo‘l olsa, mashg‘ulotlarda sparring vazifasini o‘tab beradigan qolgan tarkib Toshkentga qaytib keladi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Olimpiadasini aynan dzyudo bahslari birinchilardan bo‘lib boshlab beradi. Musobaqaning ilk kuni -60 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz, jahon chempionatining kumush medali sovrindori Sharofiddin Lutfullayevga muxlislik qilamiz.

Text to speech