19 Yanvar 2025 338

Toshkentda diyorimizning eng kuchli bokschilari aniqlanadi

21-28-yanvar kunlari Toshkentda boks boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtadi. Yurtimizning eng mohir charm qoʻlqop ustalari oʻrtasida kechadigan bahslar bu yil yangicha formatda tashkil etiladi.

Rejaga koʻra, 21-26-yanvar kungi bahslarga Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mezbonlik qiladi. 27-28-yanvar kungi yakuniy bahslar esa “Zoʻr TV” telekanalining “Renessans Hall” majmuasiga belgilangan.

Ertaga Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida musobaqaning texnik qoʻmita yigʻilishi, qur’a tashlash marosimi va matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.

Text to speech