18 Yanvar 2025 203

Stol tennischilarimiz Qatardagi xalqaro turnirlarda qatnashishadi

27-yanvar – 8-fevral kunlari Qatar poytaxti Doxa shahrida stol tennisi bo‘yicha turli darajadagi xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham bahs olib borishadi.

Hamyurtlarimiz 27-30-yanvar kunlari WTT Youth Contender, 31-yanvar – 2-fevral kunlari WTT Youth Star Contender hamda 4-8-fevral kunlari WTT Feeder musobaqalarida o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. Mazkur turnirlarda 12 nafar turli yosh toifalaridagi sportchilarimiz qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Text to speech