Uch nafar polvonimiz Parij “Katta dubulgʻa” turnirida kurashadi
Dzyudo olamida yangi mavsum boshlanishiga oz fursat qoldi. 1-2-fevral kunlari Fransiyada Parij “Katta dubulgʻa” musobaqasi boʻlib oʻtadi.
Unda dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan 250 nafardan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Shu jumladan, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham mazkur musobaqada qatnashishadi. Mamlakat dzyudo federatsiyasining maʼlum qilishicha, bu yilgi Parij turnirida 3 nafar sportchimiz: Bahrom Boturov (-60 kg), Shahram Ahadov (-73 kg) va Oʻtkirbek Toʻraboyev (+100 kg) medallar uchun kurash olib borishadi.
Mazkur musobaqa doirasida dzyudo olamida 2024-yil laureatlari ham aniqlab olinadi. Eslatib oʻtamiz, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan joriy etilgan nominatsiyalarning 5 tasida oʻzbek dzyudosiga doir nomzodlarni uchratish mumkin.