17 Yanvar 2025
279
Kamonchilarimiz Koreya yig‘iniga jo‘nab ketishdi
Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari yilning dastlabki oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga yoʻl olishdi. Rejaga koʻra, hamyurtlarimiz mashgʻulotlarni Suvon shahrida olib borishadi.
8-fevralga qadar davom etadigan yigʻinga 10 nafar (5 nafardan erkak va ayol) sportchi jalb etilgan. Mashgʻulotlar mart oyidan boshlanadigan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikning muhim bosqichi vazifasini oʻtab beradi.