16 Yanvar 2025 305

Shpagachilarimiz Manamada o‘tadigan Jahon kubogi bosqichiga yo‘l olishdi

Joriy hafta yakunida qilichbozlarimizni yana bir nufuzli musobaqa kutib turibdi. 17-19-yanvar kunlari Bahrayn poytaxti Manama shahrida shpaga yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtadi.

Bugun mazkur turnirda qatnashadigan oʻzbekistonlik qilichbozlar Manamaga joʻnab ketishdi. Musobaqada quyidagi 10 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib boradi:

Yigitlar: Saidbilol Alimov, Vadim Bagautdinov, Ahmadjon Fayziyev, Asilbek Ibodullayev, Meyirxan Timurov, Iskandar Turishev, Ozodbek Zaynobiddinov;

Qizlar: Aziza Hamidova, Dilnaz Murzatayeva, Sanam Nazarova.

Text to speech