15 Yanvar 2025 188

Yosh changʻichilarimiz Koreyada “Dream program” loyihasida qatnashishmoqda

Ayni kunlarda Koreya Respublikasining Pxyonchxan shahrida “Dream Program” dasturi asosida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻini boʻlib oʻtmoqda. Togʻ changʻisi boʻyicha tashkil etilayotgan mashgʻulotlarda oʻzbekistonlik murabbiy va sportchilar ham qatnashyapti.

Mashgʻulotlar 19-yanvarga qadar davom etadi. Unda yosh murabbiy Safar Egamberdiyev, shuningdek, atletlarimiz Samandar Asanov hamda Rauan Raimqulov oʻz mahoratlarini oshirishmoqda. Rejaga koʻra, yigʻindan keyin 22-24-yanvar kunlari ishtirokchilar orasida xalqaro musobaqa ham tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Text to speech