10 Yanvar 2025 384

Bugun sablyachilarimiz Tunis Gran-prisidagi ishtiroklarini boshlashadi

Bugun Tunisda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Gran-pri turniri start oladi. Maʼlum qilganimizdek, unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi.

Dasturga koʻra, birinchi kun ayollar oʻrtasida dastlabki saralash bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Unda Nargiza Jaksibayeva, Ayakoʻz Jumamuratova, Fernanda Errera, Gulistan Perdibayeva, Samira Shokirova qatnashishadi. Terma jamoamizning birinchi raqamli sportchisi Zaynab Dayibekova yuqori reyting pogʻonasida turgani bois toʻgʻridan toʻgʻri pley-off bosqichidan bahslarni boshlaydi.

Text to speech