9 Yanvar 2025 695

Dzyudochilarimizning Avstriyadagi yig‘ini ayni avjida

Terma jamoalarimizning oʻquv-mashgʻulot yigʻinlaridan lavhalarni ulashishda davom etamiz. Eʼtiboringizni Avstriyaning Mitterzill shahrida dzyudo boʻyicha oʻtayotgan xalqaro yigʻinga qaratamiz.

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining maʼlum qilishicha, ushbu yigʻinda 60 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar oʻzaro tajriba almashishmoqda. 17-yanvarga qadar davom etadigan mashgʻulotlarda 20 nafarga yaqin hamyurtimiz ham oʻz mahoratlarini oshirmoqdalar. Ushbu yigʻin terma jamoamiz vakillariga kelasi oy boʻlib oʻtadigan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Text to speech