6 Yanvar 2025
492
Dzyudochilarimiz Avstriya yig‘iniga yo‘l olishdi
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ham bugun yilning ilk oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashish uchun Avstriyaga joʻnab ketdi. Mitterzill shahrida tashkil etiladigan ushbu yigʻinda 50 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyuradigan sportchilar oʻzaro tajriba almashishadi.
Rejaga koʻra, hamyurtlarimiz 16-yanvarga qadar Avstriya yigʻinida boʻlishadi. Mazkur safarga Diyora Keldiyorova, Muzaffarbek Toʻraboyev, Alisher Yusupov kabi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari qahramonlaridan tashqari terma jamoadan chaqiriq olgan 10 nafardan ortiq yosh sportchi jalb etilgan.