5 Yanvar 2025
459
Kolumbiyadagi sablyachi yigitlarimizning benefisi
Qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Kolumbiyada oʻtayotgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichida qatnashayotgani haqida maʼlum qilgan edik. Musobaqaning yigitlar oʻrtasidagi yakkalik bellashuvlari ham yurtdoshlarimiz uchun omadli oʻtib, qilichbozlarimiz barcha turdagi medallarga egalik qilishdi.
Murosasiz bahslar yakunida ikki oʻzbek sportchisi - Musa Aymuratov hamda Sardor Abdukarimbekov oltin medal uchun kurash olib borishdi. Unda Aymuratovning qoʻli baland kelib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, yana bir yurtdoshimiz Alpamis Urakbayev bronza medallaridan biriga sazovor boʻldi. Bugun jamoaviy yoʻnalishdagi bellashuvlar oʻtkaziladi.