5 Yanvar 2025
389
Taekvondochilarimiz Turkiya yigʻiniga joʻnab ketishdi
Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi yilning dastlabki yigʻinini oʻtkazish uchun Turkiyaga yoʻl oldi. Antalya shahrida kechadigan mashgʻulotlar 19-yanvar kuniga qadar davom etadi.
Mazkur yigʻinga 42 nafar sportchi jalb qilingan. Mashgʻulotlarda sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga ahamiyat qaratiladi. Rejaga koʻra, Antalya yigʻinidan keyin jamoamiz dastlabki xalqaro musobaqada ishtirok etadi.