1 Yanvar 2025 170

Oʻzbek sporti yulduzlari oʻzlari uchun yangi yilga qanday maqsadlar qoʻyishdi?

Diyora Keldiyorova, Ulugʻbek Rashitov: Jahon chempioni boʻlish;

Muzaffarbek Toʻraboyev: Ikki karra jahon chempionligiga erishish;

Bahodir Jalolov: Professional boksda yurtdoshlarimizga chiroyli janglar koʻrsatib, ularning barchasida gʻalabaga erishish;

Gʻulomjon Abdullayev:
Osiyo va jahon chempionatida shohsupaga koʻtarilish;

Lazizbek Mullojonov: Olimpiya chempioni sifatida yangi marralarni zabt etish.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi barcha sportchilarimizga yangi yilda oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishishlarini tilab qoladi.

Text to speech