30 Dekabr 2024
223
III yoshlar Osiyo oʻyinlari oʻtkaziladigan kunlar va undan oʻrin oladigan sport turlari maʼlum boʻldi
Osiyo Olimpiya kengashi hamda Bahrayn Olimpiya qo‘mitasi III yoshlar Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan sanalar va uning dasturidan o‘rin oladigan sport turlarini tasdiqladi. Unga ko‘ra, musobaqa kelasi yilning 22-31-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Dasturdan quyidagi sport turlari o‘rin oldi:
Yengil atletika
Badminton
Basketbol 3x3
Ot sporti
Kibersport
Futzal
Golf
Gandbol
Dzyudo
Jiu-jitsu
Aralash jang san’ati turlari
Veloshosse
Suzish
Stol tennisi
Taekvondo WT
Triatlon
Sport kurashlari
Og‘ir atletika
Kabaddi
Voleybol
Tekbol