Yangi yil oldidan sport faxriylariga bayram sovgʻalari ulashildi
Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi tomonidan bayramlar oldidan yaxshi bir an’ana yoʻlga qoʻyilgan. Kengash raisi Bahodir Maxsitov boshchiligidagi mas’ullar uzoq yillar sportimiz rivojiga hissa qoʻshgan faxriylar holidan xabar olib, ularga bayram sovgʻalari taqdim etishadi. Ushbu xayrli ish bu gal ham davom etdi.
Kengash vakillari keksalik chogʻida umrguzaronlik qilayotgan 70 nafarga yaqin ana shunday faxriylardan xabar olishdi. Ular bilan suhbatlashishdi va homiylar tomonidan ajratilgan esdalik sovgʻalarini taqdim etishdi. Qolaversa, bir guruh sport faxriylari uchun bayram dasturxoni yozilib, ularning oila-a’zolariga ham quvonch ulashildi.
Oʻz navbatida, sportimiz fidoyilari koʻrsatilgan bunday e’tibor va gʻamxoʻrlikdan mamnun boʻlib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Prezidentimiz salomatligi uchun duo qilishdi.






