OOKning 91-Ijroqo‘m yig‘ilishi boʻlib oʻtdi
Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Onlayn formatda tashkil etilgan yig‘ilishda qit’amiz sportiga oid qator masalalar muhokama qilindi. Unda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ham qatnashishdi.
Ushbu 91-Ijroqo‘m yig‘ilishida Asian Boxing tashkilotining OOK tomonidan vaqtinchalik tan olinishi bo‘yicha qaror qabul qilindi. Shuningdek, OOKning Sport, Gender tenglik va Xalqaro aloqalar qo‘mitalarining hisoboti tinglanib, sun’iy intellekt va raqamlashtirish bilan shug‘ullanadigan “Tencent Co.” va OOK o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi. Qolaversa, OOK va Bahrayn o‘rtasida III yoshlar Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolanib, Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi. Yakunda Ijroqo‘m tomonidan 2024-yil yakunlari va 2025-yil rejalariga ham to‘xtalib o‘tildi.