27 Dekabr 2024 108

MOQ va RSTIAMda yil sarhisob qilindi

Yangi 2025-yil ham yaqinlashib kelmoqda. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati MOQ hamda uning qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) xodimlari bilan yil yakunlariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazdi. Unda 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, oʻtkazilgan musobaqalar boʻyicha hisobotlar tinglanib, barcha yoʻnalishlarda yil sarhisob qilindi.

MOQ raisining birinchi oʻrinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov qoʻmita hamda tibbiyot markazining ahil jamoasiga oʻz vazifasiga sidqidildan yondashayotgani, yurtimiz sporti va mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantirishdagi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan yigʻilishda yil davomida alohida faolligi bilan ajralib turgan xodimlar taqdirlandi.

Shuningdek, Qoʻmita rahbariyati Olimpiya yili har tomonlama muvaffaqiyatli yakunlanayotgani bilan barchani qutlab, jamoaga bayram tabrigini yoʻlladi.

Text to speech