11 Iyul 2021
2039
Regbi-7 jamoamiz Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
Musobaqa 17-iyulga qadar o‘tkazilib, unda qo‘shni mamlakat vakillarining yetakchi jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi. Qayd etish joiz, mazkur turnir kelasi yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Osiyo o‘yinlariga o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
Musobaqada mamlakatimizdan tashqari mezbon davlat, shuningdek, Rossiya va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan jamoalar ham ishtirok etishadi.