11 Iyul 2021
2043
Tarixda ilk bor akademik eshkak eshuvchilarimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi
Ayni kunlarda Chexiyaning Rachitsa shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada hamyurtlarimiz ilk bor dunyo birinchiligi medaliga sazovor bo‘lishdi.
2000 metr masofaga kechgan juftlik bahsida Yevgeniy Agafonov va Shahzod Nurmatov juftligi ushbu muvaffaqiyatga erishdi. Saralashda birinchi natija qayd etgan vakillarimiz finalda uchinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tishdi va bronza medali bilan taqdirlandilar.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha JCH, Chexiya
BLM2, 2000 metr:
1. Fernandez / Livald (Chili) – 6:47:58
2. Fasol / Mantegazza (Italiya) – 6:50.38
3. Agafonov / Nurmatov (O‘zbekiston) – 6:52.46