22 Dekabr 2024 1136

Abdurahmon Abdullayev BAAdagi turnirda sovrindor bo‘ldi

BAAning Al-Ayn shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha xalqaro turnir boʻlib oʻtmoqda. Ahamiyatlisi, mazkur musobaqada ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdurahmon Abdullayev shohsupaga koʻtarildi.

Hamyurtimiz 195 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida kumush medalga sazovor boʻldi. Bellashuvda chavandozimizga “Chicarito” laqabli tulpori hamrohlik qildi.

Text to speech